YI Alisher Usmonovning singlisiga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi – Reuters

eʼlon qilindi
Yana ikki kishi ham ro‘yxatdan o‘chirilgan
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisiga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi/ Foto: lightsource/Depositphotos

Yevropa Ittifoqi rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovaga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, unga, tadbirkor Vyacheslav Kantor va Rossiya sport vazirligi rahbari Mixail Degtyarevga nisbatan sanksiyalarning bekor qilinishi Vengriya hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlangan. Rasmiy Budapesht milliarder Mixail Fridman va boshqalarga nisbatan sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgan. Biroq Yevropa Ittifoqi elchilari ularning sonini 3 tadan oshirmadi.

Vengriya bilan mazkur kelishuv Yevropa Ittifoqiga Rossiya fuqarolari va kompaniyalariga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirish imkonini berdi. Bu haqdagi qaror 14-mart kuni Yevropa Ittifoqi elchilarining Bryusseldagi yigʻilishida qabul qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri YI Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar roʻyxatidan chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek