YI Alisher Usmonovning singlisini sanksiyalar ro‘yxatidan chiqaradi

eʼlon qilindi
Ro‘yxatda yana ikki kishi bor
Alisher Usmonov
Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisiga qarshi sanksiyalarni bekor qilishni rejalashtirmoqda/ Foto: Guillaume Perigois / Unsplash

Yevropa Ittifoqi Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovadan sanksiyalarni olib tashlashi mumkin. Bu haqda «Sistema» loyihasi oʻz manbalariga tayanib yozmoqda.

Gulbahor Ismoilovaga nisbatan sanksiyalar 2022-yilning aprel oyida kiritilgan. «Sistema» ma’lumotlariga koʻra, u Usmonov xorijiy aktivlarining bir qismiga egalik qilishi mumkin.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan yaqin aloqada boʻlishi mumkin boʻlgan Vyacheslav Kantor ham sanksiyalar roʻyxatidan chiqarib tashlanadi. Roʻyxatga Rossiya sport vazirligi rahbari Mixail Degtyarev ham kiritilgan.

Yaqin orada Ismoilova, Kantor va Degtyarevlar boʻyicha ijobiy qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Shveysariya Alisher Usmonovning 6,5 mln yevrolik aktivlarini blokdan chiqargani haqida yozgan edi.

Shuningdek