15-mart kuni havo harorati 20-25 darajagacha ko‘tariladi

eʼlon qilindi
Kechqurunlari esa 4-9 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda
Foto: Pexels.com

O‘zbekiston bo‘ylab havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning barcha hududlarida shamol sharqdan esadi, tezligi 3-14 m/s oralig‘ida bo‘ladi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Toshkent shahrida kechasi 7-9° iliq, kunduzi 18-20° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi 5-10° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kechasi 4-9° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘lishi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘li hududlarda esa qor yog‘ishi mumkin.

Shuningdek