AQSh 43 ta davlat fuqarolari uchun viza cheklovlarini joriy qilishi mumkin – NYT

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 43 ta davlat fuqarolariga viza cheklovlari qoʻllashni rejalashtirmoqda. Bu haqda The New York Times nashri xabar bermoqda.
E’lon qilingan jadvalda mamlakatlar uch toifaga boʻlingan, ya’ni qizil, toʻq sariq va sariq. Afgʻoniston, Eron, Kuba, Shimoliy Koreya, Suriya va Yaman kabi 11 davlat fuqarolari qizil toifada joylashib, ularning AQShga kirishi butunlay taqiqlanishi mumkin.
Toʻq sariq toifaga Eritreya, Gaiti, Laos, Myanma, Pokiston, Sierra-Leone, Janubiy Sudan va Turkmaniston, Rossiya, Belarus fuqarolari kiradi. Ular uchun viza berishga cheklov joriy etilishi mumkin, bunda faqat ishbilarmon sayohatchilarga kirishga ruxsat beriladi, ammo immigratsiya yoki sayyohlik vizalari bilan emas.
Sariq toifadagi mamlakatlarga AQShni xavotirga solayotgan omillarni tuzatish uchun 60 kun beriladi. Aks holda ularga kirish butunlay taqiqlanishi yoki vizalar berilishi keskin cheklanishi mumkin. Bunday mamlakatlar qatoriga Zimbabve, Chad, Vanuatu va boshqalar kiradi.

NYT ma’lumotlariga koʻra, mumkin boʻlgan cheklovlar sabablari orasida Vashington AQShga kiruvchilar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortish, pasportlarni berish va fuqarolarni sotishda zaif xavfsizlik choralarini koʻrib chiqmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh Senati vaqtinchalik budjetni ma’qullab, shatdaunni bartaraf etgani haqida xabar bergan edi.