Oʻzbekiston va Rossiya JSTga aʼzo boʻlish masalasida muzokaralar oʻtkazdi

eʼlon qilindi
Oʻzbekiston JSTga 2026-yilda Kamerunda boʻlib oʻtadigan konferensiyagacha qoʻshilishni rejalashtirmoqda
Oʻzbekiston va Rossiya JSTga aʼzo boʻlish masalasida muzokaralar oʻtkazdi. Foto: Rossiya iqtisodiy rivojlanish vazirligi

11-mart kuni Moskvada Oʻzbekiston delegatsiyasi Rossiya bilan Jahon savdo tashkilotiga (JST) aʼzo boʻlish jarayoni doirasida muzokaralar olib bordi. Uchrashuvda bosh vazir oʻrinbosari Jamshid Xodjayev va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov ishtirok etdi.

JSTga qoʻshilish doirasida bozorga chiqish bilan bogʻliq hal etilmagan masalalar muhokama qilindi. Prezidentning JST boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunovning taʼkidlashicha, muzokaralar konstruktiv va samarali oʻtgan boʻlib, tomonlar jarayonni yanada jadallashtirishga tayyor.

Shuningdek, Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlik muhokama qilindi. Reshetnikovga koʻra, prezidentlar erishgan kelishuvlar asosida Rossiya neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirmoqda. Energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish loyihalari ham muhim yoʻnalishlardan biri sifatida belgilandi.

Eslatib o‘tamiz,  Azizbek Urunov Oʻzbekiston JSTga 2026-yilda Kamerunda boʻlib oʻtadigan 14-vazirlar konferensiyasiga qadar qoʻshilishni rejalashtirayotganini bildirgan edi. O‘zbekiston bugunga qadar 23 mamlakat bilan muzokaralar olib borilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniya Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish jarayonini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildiirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek