
Shavkat Mirziyoyev «yashil» energiyani rivojlantirish va uzatish sohasida strategik sheriklik bitimini tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Energetika vazirligi xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarini amalga oshirish ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil 13-noyabr kuni Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Ozarbayjon prezidentlari Bokuda BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konferensiyasi (COP29) doirasida xalqaro shartnomani imzolagan edi.
Loyihani amalga oshirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratilishi, energetika infratuzilmasi rivojlanishi va aholi turmush darajasining oshishi kutilmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiya kompaniyasi Oʻzbekistonda yashil energetikani rivojlantirishga yordam bergani haqida xabar bergan edi.