
AQSh prezidenti Donald Tramp va uning oʻgʻillari bilan bogʻliq World Liberty Financial (WLFI) kriptovalyuta loyihasi $590 million jalb qildi. Bu haqda CoinDesk xabar berdi.
Kompaniya akkreditatsiyadan oʻtgan investorlar uchun WLFI tokenlarini sotishning ikki bosqichini oʻtkazdi. Birinchi bosqich 2025-yil yanvarda yakunlanib, loyihaga taxminan $160 million keltirdi. Ikkinchi bosqich natijalariga koʻra, kompaniya jalb etilgan mablagʻlar hajmi boʻyicha eng yirik oʻnta kriptovalyuta loyihasi qatoriga kirdi.
Ma’lum boʻlishicha, WLFI tokenlarining yirik xaridorlaridan biri Tron kriptovalyuta ekotizimining asoschisi Jastin San boʻldi. U loyihaga $30 million kiritdi va Tramplar tangasiga boshqa investorlarning e’tiborini jalb etdi.
Hozircha WLFI tokenlarini kriptovalyuta birjalarida sotib olish imkoni yoʻq. Kompaniya ehtimoliy listing sanasini oshkor qilmayapti. Mart oyi boshida tahlilchilar loyihaning boshqa raqamli aktivlarga kiritgan umumiy sarmoyasini 3$36 millionga baholagan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp oilasi Binance’ning AQShdagi bo‘linmasi bilan muzokaralar olib borgani haqida xabar bergan edi.