
2024-yilda 2,9 ming oʻzbekistonlik vatandoshlarni koʻchirish dasturi doirasida Rossiyaga koʻchib oʻtdi. Bu haqda «Kommersant» xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yil yakunlari bo‘yicha 3,6 ming nafar oʻzbekistonlik dasturga ariza topshirgan, ulardan 2,1 ming nafari guvohnomasini olgan. Rossiyaga koʻchib kelganlar orasida oʻzbekistonliklar uchinchi oʻrindan joy oldi.
Birinchi oʻrinni 11,1 ming kishi bilan Qozogʻiston, ikkinchi oʻrinni esa 6,1 ming bilan Tojikiston egalladi.
Umumiy hisobda 2024-yilda Rossiyaga 31,7 ming kishi koʻchib oʻtgan boʻlib, bu 2011-yildan beri eng past koʻrsatkich bo‘ldi. Ishtirokchilar sonining kamayishi rus tilini bilish talabi, muhojirlarga qarshi kayfiyatning kuchayishi va dasturning demografik bazasining qisqarishi bilan izohlanmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Rossiya JSTga a’zo boʻlish masalasida muzokaralar oʻtkazgani haqida xabar bergan edi.