Yangiliklar

17-mart kuni havo harorati 20-25 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

Tog‘li hududlarda esa 10-15 darajagacha
Foto: Pexels.com

17-mart kuni havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-12 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Unga ko‘ra, harorat Toshkentda kunduzi 23-25°, kechasi 8-10° iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kunduzi 22-27°, kechasi 5-10° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiyda ham harorat shu atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda kunduzi 20-25°, kechasi 5-10° iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz iliqroq bo‘lib, kunduzi 22-27°, kechasi 7-12° iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘onada esa kunduzi 20-25°, kechasi 5-10° iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Tog‘li hududlarda nisbatan salqin bo‘lib, kunduzi 10-15°, kechasi 0-5° iliq bo‘ladi.