AZAL Boku – Samarqand yo‘nalishida parvozlarni qayta tiklaydi

eʼlon qilindi
1-apreldan boshlab
Foto: «Ozarbayjon havo yo‘llari»

«Ozarbayjon havo yo‘llari» (AZAL) 1-apreldan boshlab Boku – Samarqand yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni qayta tiklaydi. Bu haqda aviakompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Foto: AZAL saytidan olindi

Bir tomonlama aviachiptalar narxi 261,63 azerbayjon manati (taxminan 1 992 000 so‘m) dan boshlanadi. Chiptalarni AZAL rasmiy veb-sayti, mobil ilovasi yoki rasmiy agentlari orqali xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qazaq Air Samarqand – Turkiston yo‘nalishidagi muntazam reyslarni tiklagan edi.

Shuningdek