Eron hijob qoidalarini kuzatish uchun dronlar va texnologiyadan foydalanmoqda

eʼlon qilindi
Hijob qoidalarini buzganlarga 10 yilgacha qamoq va $12 minggacha jarima jazolari qo‘llaniladi
Foto: Morteza Nikoubazl/NURPHO/AP

Eron ayollarning hijob kiyishini majburiy nazorat qilish uchun havo dronlari, yuzni aniqlash tizimlari va «Nazer» mobil ilovasidan foydalanmoqda. Bu haqda BMTga tayanib, CNN xabar berdi.

Unga ko‘ra, ushbu ilova fuqarolar va politsiyaga hijob qoidalarini buzgan ayollarni xabar qilish imkonini beradi.

Shuningdek, hijobsiz ayollar joylashgan avtomobillar egalariga ogohlantiruvchi SMS-xabarlar yuborilib, e’tiborsizlik qilganlarining mashinalari musodara etilishi mumkin.

2024-yil boshida Tehrondagi Amirkabir universitetiga yuzni aniqlash tizimi o‘rnatilgan bo‘lsa, havo dronlari jamoat joylarida nazoratni kuchaytirish uchun ishga tushirilgan.

Bundan tashqari, hijob qoidalariga rioya qilmagan ayollarga 10 yilgacha qamoq va 12 000 AQSh dollarigacha jarima tayinlanishi mumkin. Ayrim holatlarda esa o‘lim jazosi qo‘llanilishi ehtimoli ham bor.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Oʻzbekistonga neft eksportini 18 foizga oshirgan edi.

Shuningdek