O‘zbekiston va Qozog‘iston tovar ayirboshlash hajmini $10 milliardga yetkazmoqchi

eʼlon qilindi
2030-yilga qadar
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Qozog‘iston Savdo va integratsiya vaziri Arman Shakkaliyev bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati

Unga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirish hamda Termiz xalqaro savdo markazida ochilgan Qozog‘iston mahsulotlari pavilonining ahamiyati haqida fikr almashdi.

2024-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $4,3 mlrdga yetdi. Uchrashuvda 2030-yilgacha bu ko‘rsatkichni $10 mlrdga yetkazish bo‘yicha dastur imzolandi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati

Hozirda O‘zbekistonda Qozog‘iston kapitali ishtirokidagi 1042 ta korxona, Qozog‘istonda esa O‘zbekiston sarmoyasi bilan 4,5 mingdan ortiq kompaniyalar faoliyat yuritmoqda. Tomonlar savdo to‘siqlarini bartaraf etish va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish borasida kelishuvga erishdilar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi Pepsi ta’sischisi Burger King Qozog‘istonni sotib olgan edi.

Shuningdek