O‘zbekistonda baliq ovlashga vaqtinchalik taqiq joriy etildi
eʼlon qilindi
Baliqlarning urchish davrida tuxum qo‘yib, nasl qoldirishlari uchun

O‘zbekistonning tabiiy suv havzalarida baliq ovlash ma’lum muddatga taqiqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Amudaryo va Sirdaryoda 11-martdan 31-maygacha, Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlarida 26-apreldan 10-iyungacha, boshqa tabiiy suv havzalarida esa 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash man etiladi.
Bu cheklov baliqlarning urchish davrida tuxum qo‘yib, nasl qoldirishini ta’minlash maqsadida joriy etilgan. Qaror sun’iy suv havzalari va qafas usulida baliq yetishtirishga tatbiq etilmaydi. Taqiqlangan hududlarda baliq ovlash qoidalarini buzganlar ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ov mavsumi yopilgani haqida yozgan edik.