Toshkentda polo kubogi bo‘lib o‘tdi – foto
eʼlon qilindi
Unda Milliy gvardiya Toshkent shahar ot sporti maktabi g‘olib bo‘ldi

Toshkentda Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev kubogi uchun polo musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Bellashuvlarda Kursiv Uzbekistan fotomuxbiri ham ishtirok etib, musobaqadan lavhalarni jamladi.

Musobaqa natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Milliy gvardiya Toshkent shahar ot sporti maktabi egalladi. Ikkinchi o‘rin Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmasi jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa Milliy gvardiyaning hududiy ot sporti maktabi qo‘lga kiritdi.

Ayollar jamoalari orasida esa «Chilonzor polo klubi» g‘olib deb topildi.
Sovrindorlar kubok, medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.





Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chusovitina 49 yoshida sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida g‘olib bo‘lgan edi.