Xitoyda Haval avtomobillari uchun katta chegirmalar e’lon qilindi

Xitoy bozorida Haval kompaniyasi avtomobillari narxi e’lon qilingan chegirmalar hisobiga keskin arzonlashib ketdi. Bu haqda Auto Home nashri ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Haval H6, Haval H9 va eng so‘nggi Haval H5 2025 modellari uchun chegirma $5,5 minggacha yetmoqda.
Aksiya deyarli barcha modellarni qamrab oladi va aprel oyining oxirigacha amal qiladi. Chegirma doirasida Haval H6 2025 National Tide Edition, Haval H6 Classic Edition, Haval Big Dog 2024, ikkinchi avlod Haval Big Dog, Haval Raptor, yangi Haval H5 2025 hamda Haval H9 modellari ishtirok etmoqda.
Chegirma hisobga olinsa, Haval H5 2025 narxi 127,8 ming yuangacha (taxminan $17,6 ming) tushdi. Haval H9 174,9 ming yuanga ($24 ming), Haval H6 esa 81,9 ming yuanga ($11,3 ming) arzonlashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Haval F8 krossoverining interyerini yangilagan edi.