Yangiliklar

1-iyundan 86 turdagi mahsulotga eksport bojxona bojlari undiriladi

Prezident farmoni qabul qilindi
Paxta ip kalavasi
1-iyundan 86 turdagi mahsulotlarga eksport bojxona bojlari undiriladi / Foto: Review.uz

14-mart kuni eksport tartib-taomillarini Jahon savdo tashkiloti (JST) qoidalariga moslashtirish va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish choralari bo‘yicha prezident farmoni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, shu yilning 1-iyulidan boshlab 86 turdagi mahsulotlarga eksport bojxona bojlari joriy etiladi.

Ushbu mahsulotlarga charm, ipak xomashyosi, paxta ip-kalavasi va trikotaj matolari, go‘sht mahsulotlari, bug‘doy, guruch, mineral o‘g‘itlar, PET chiqindilar, rangli metall lom va chiqindilar, strategik xomashyolar (tabiiy gaz, paxta tolasi, mineral o‘g‘itlar, polietilen, polipropilen, PVX, mis xomashyosi) kiradi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan temir yo‘l transportida bojxona tekshiruvi uzaytirilishi zarur bo‘lgan holatlar belgilangani haqida yozgandi.