
18-mart kuni havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, harorat Toshkentda kunduzi 23-25°, kechasi 8-10° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kunduzi 24-29°, kechasi 7-12° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiyda ham harorat shu atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda kunduzi 20-25°, kechasi 5-10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz iliqroq bo‘lib, kunduzi 22-27°, kechasi 8-13° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada esa kunduzi 20-25°, kechasi 5-10° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda nisbatan salqin bo‘lib, kunduzi 12-17°, kechasi 0-5° iliq bo‘ladi.