Sport

Abduqodir Husanovga «Gelik»ni kim sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

abduqodir
Abduqodir Husanovga «Gelik»ni kim sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi / Foto: Mancity

O‘zbekiston milliy terma jamoasi va «Manchester Siti» klubi himoyachisi Abduqodir Husanovga qimmatbaho Mercedes-Benz G-Class avtomobili (Gelik) sovg‘a qilingan.

Tribuna.uz xabariga ko‘ra, ushbu avtomobilni futbolchiga qozog‘istonlik o‘zbek futbol funksioneri Ulug‘bek Asanbayev hadya qilgan. Asanbayev ilgari «Paxtakor» va «Do‘stlik» jamoalarida to‘p surgan bo‘lib, so‘nggi yillarda futbolchilarning xorij klublariga transferlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

Shuningdek, 21-yoshli futbolchi may oyida oila qurishi kutilayotgani ma’lum bo‘ldi. Avvalroq Husanov ushbu avtomobilni mahrga berish uchun xarid qilgani haqidagi xabarlar tarqalgan, ammo keyinchalik bu ma’lumot rad etilgandi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Manchester Siti» Husanovni fevralning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlagani haqida xabar bergan edi.