
Qoʻshma Shtatlar Ukrainadagi mojaro boʻyicha Rossiyaga qarshi «tergov» olib borayotgan xalqaro guruhni tark etishi haqida Yevropani xabardor qildi. Bu haqda New York Times (NYT) manbalariga tayanib, xabar bermoqda.
Nashrga koʻra, Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tekshirish uchun tuzilgan koʻp millatli guruhdan chiqmoqda. Bu qaror AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyatining yondashuvidagi oʻzgarishlarni aks ettiradi.
Ushbu guruh Belarus, Shimoliy Koreya va Eron rahbariyatiga ham qarshi tergov olib boradi. AQSH ushbu harakatga 2023-yilda qoʻshilgan edi.
AQSh prezidenti ma’muriyati, shuningdek, Adliya vazirligining Ukraina prokuraturasi va huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qiluvchi guruhi faoliyatini qisqartirmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tramp Putin bilan yangi muloqot sanasini ma’lum qilgani haqida yozgan edi.