Yangiliklar

DeepSeek xodimlariga chet el safarlarini taqiqladi

Startap Xitoyda «milliy boylik» deb e’tirof etilgan
Deepseek, Xitoy
DeepSeek xodimlariga chet el safarlarini taqiqladi / Foto: MauriceNorbert/Depositphotos

Xitoyning yetakchi sun’iy intellekt startapi DeepSeek asosiy xodimlarining chet elga safar qilishini, rasmiy ruxsatsiz davlatdan tashqariga chiqishini cheklab qo‘ydi. Bu haqda The Information nashri xabar berdi.

Bu chora qo‘llanilishiga sabab kompaniyaning maxfiy ma’lumotlari, jumladan, savdo va texnologik sirlarining sizib chiqishini oldini olish sifatida ko‘rsatilgan.

DeepSeek o‘zining samarador va arzon narxdagi R1 modeli bilan e’tiborga tushgan va qisqa vaqtda OpenAI hamda Google DeepMind kabi kompaniyalarga jiddiy raqobatchi bo‘lgandi.

Nashrning xabarida kompaniyaning global muvaffaqiyati uni Xitoy hukumati tomonidan «milliy boylik» deb e’tirof etilishiga sabab bo‘lgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Janubiy Koreyada DeepSeek bloklangani haqida yozgandi.