Yangiliklar

Durov Telegram hamjamiyatiga minnatdorchilik bildirdi

Uning aytishicha, sud jarayonlari davom etmoqda
Durov Telegram hamjamiyatiga minnatdorchilik bildirdi / Foto: instagram.com/durov

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer hamjamiyatiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda Telegram-kanalida e’lon qildi.

«Bu kutilmagan sayohat davomida meni qo‘llab-quvvatlagan butun dunyodagi millionlab odamlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman. Bu men uchun juda katta ahamiyatga ega. Bizning milliardlik hamjamiyatimiz yengib chiqa olmaydigan hech narsa yo’q», — dedi u xabarda.

Durov, shuningdek, advokatlar va Telegram jamoasiga messenjerni moderatsiya qilish masalalarida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik izhor etdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Dubayga qaytganiga qaramay, sud jarayoni davom etmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Pavel Durov Fransiyani tark etgani haqida yozgandi.