
Samsung kompaniyasi Galaxy S24 seriyasiga One UI 7.0 Beta 5 yangilanishini chiqardi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, Hindiston va AQShda sotilayotgan One UI 7.0’ning soʻnggi beta versiyasi dasturiy ta’minotdagi bir qancha xatolarni tuzatdi. U Galaxy S24 va Galaxy S24+’da Samsung Log video yozishga imkoniyat yaratadi.
Yangilanishning yuklab olish hajmi deyarli 1 Gb (AQShda Galaxy S24 Ultra uchun 941,32 MB). Yangilanish Hindistonda S92xBXXU4ZYC6 va AQShda S92xU1UEU4ZYC6 proshivka versiyasi bilan birga kelmoqda.
Yangilanish blokirovka ekrani bildirishnomasi, vidjet sozlamalari ekranidagi piktogramma oʻlchami (kichik koʻrinishi), vidjet shaffofligi uchun loyqalik effekti va shrift/tasvirning qisman oʻxshashligi bilan bogʻliq muammolarga yechim boʻladi.
Shuningdek, Galereya ilovasida «Tahrirlash» tugmasi bilan bogʻliq muammolar sodir boʻlgan. Bu kamchilik ham soʻnggi yangilanish ortidan hal qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Samsung Xitoyga qariyb $45 mlrdlik chip sotgani haqida yozgan edi.