
Amerikaning Google korporatsiyasi ishga tushirilganidan 10 yil oʻtib ovozli yordamchisini oʻchirib qoʻyadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.
Google Assistant — bu 2016-yilda paydo boʻlgan virtual ovozli yordamchi hisoblanadi. Kompaniyaning taʼkidlashicha, 2025-yil oxirigacha yordamchi oʻzi avval integratsiyalashgan mobil qurilmalar, jumladan, smartfon va planshetlar ustida ishlashni toʻxtatadi. Google servisni oʻchirishning aniq vaqtini aniqlamadi, biroq uning oʻrnini Gemini chatboti egallashini taʼkidlagan.
Ovozli yordamchi fotosuratlarni qidirish, real vaqtda xorijiy nutqni tarjima qilish va ob-havo maʼlumotlarini taqdim etishda yordam berishni toʻxtatdi. 2024-yil fevral oyida Microsoft Android foydalanuvchilariga Google Assistantni Copilot’ga almashtirish imkoniyatini taklif qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Google endi sunʼiy intellektdan qurol yoki kuzatuv sifatida ishlatishi mumkinligi haqida yozgan edi.