
Huawei va BAIC kompaniyalarining yangi mahsuloti – Stelato S9 EREV sedani tez orada Xitoyda sotuvini boshlaydi. Huawei Intelligent Automotive Solution kompaniyasi rahbari Richard Yu yangi modelni taqdim etdi.
Ushbu avtomobilning dizayni avvalgi Stelato S9 versiyasini takrorlaydi. U oʻziga xos LED faralar, massiv havo olish va tomdagi LiDAR sensoriga ega. Aerodinamika silliq korpus chiziqlari, yashirin eshik tutqichlari va 20 yoki 21 dyuymli gʻildiraklar bilan jihozlangan.

Stelato S9 EREV generator vazifasini bajaradigan 118 kVt (158 ot kuchi) ishlab chiqaruvchi 1,5 litrli turbo dvigatel va 227 kVt (304 ot kuchi) ishlab chiqaradigan orqa elektr motor bilan jihozlangan. Batareya quvvati hozircha oshkor etilmagan. Sedanning oʻlchamlari 5160 mm*2005* 1485 mmdan iborat. Uning gʻildirak bazasi 3050 mmni tashkil etadi.
Mashina BMW 7-Series, Audi A8 va Mercedes-Benz S-Class kabi nemis premium avtomobillari bilan raqobatlashmoqchi. Bundan tashqari, S9 Huawei kompaniyasining Qiankun ADS 3.0 aqlli haydash tizimi va HarmonyOSʼdan foydalanadigan birinchi avtomobilidir.
Hozircha modelning narxi e’lon qilinmagan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei Mate XT uch buklamali smartfoni sotuvga chiqargani haqida yozgan edi.