
iPhone 16E foydalanuvchilari Bluetooth qurilmasi orqali uzatiladigan audioning uzilishi boʻyicha shikoyat qilmoqda. Bu haqda Wccftech nashri xabar berdi.
Foydalanuvchilarning ta’kidlashicha, muammo smartfon bir vaqtning oʻzida Bluetooth orqali bir nechta aksessuarlarga ulanganida yuzaga kelmoqda.
Hozircha bu texnik kamchilik qanchalik keng tarqalgani noma’lum, ammo juda koʻp foydalanuvchilarga ta’sir qilgan boʻlishi mumkin.
Mutaxassislar bu muammoning yechimi biroz vaqt talab etishini ma’lum qilmoqda. Chunki iOS 18.4’ning beta-versiyasi muammoni hal qila olmaydi. Ishlab chiqaruvchilar dasturiy jihatdan yechim qabul qilishlari kerak.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Apple menyular va piktogrammalarni tubdan qayta loyihalashtirishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edi.