Lifestyle

Oksana Chusovitinaga BYD avtomobili topshirildi

Model 387,2 million so‘mdan boshlanadi
Oksana Chusovitina
Oksana Chusovitinaga BYD SONG Plus DM-i Champion topshirildi/ Foto: BYD Uzbekistan

Oʻzbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitinaga BYD SONG Plus DM-i Champion gibrid krossoveri sovgʻa qilindi. Bu haqda sportchi Instagramʼda ma’lum qildi.

Avtomobilni topshirish marosimi 14-mart kuni BYD Sergeli dilerlik markazida bo‘lib o‘tdi.

BYD SONG Plus DM-i Champion bir quvvatlanishda 150 km masofani bosib oʻtish imkonini beruvchi benzinli dvigatel va elektr motor bilan jihozlangan. Avtomobilning narxi konfiguratsiyasiga qarab 387,2 million soʻmdan boshlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Chusovitina 49 yoshida sport gimnastikasi boʻyicha Jahon kubogi bosqichida gʻolib boʻlgani haqida yozgan edi.