Yangiliklar

O‘zbekistonda shaxsni roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin

Muhokama 28-martgacha
Tasvirga olish
O‘zbekistonda shaxsni roziligisiz tasvirga olish taqiqlanishi mumkin / Foto: Depositphotos

Adliya vazirligi shaxslarning roziligisiz ularni tasvirga olishni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Yangi qonunga ko‘ra, fuqarolarni ularning roziligisiz suratga olish yoki videoga tushirish taqiqlanishi mumkin.

Biroq to‘y yoki boshqa ommaviy tadbirlarda umumiy jarayonni, noqonuniy harakatlarni, xizmat vazifasini bajarayotgan davlat xizmatchilarini, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida videokuzatuv tizimlari orqali shaxslarni tasvirga olish (bu holatda ogohlantiruvchi belgilar bo‘lishi kerak) hamda tasvir shaxs tomonidan hamma uchun ochiq qilingan holatlar bundan mustasno.

Loyiha bo‘yicha jamoatchilik fikri 2025-yilning 28-martigacha qabul qilinadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ID-kartalar uchun «chiroyli» raqamlarni sotishga ruxsat berilishi mumkinligi haqida yozgandi.