
Yaponiyaning Sony korporatsiyasi «kelajak televizorlari» uchun yangi RGB LED yoritqich texnologiyasini taqdim etdi. Bu haqda The Verge xabar bermoqda.
Kompaniya vakillarining soʻzlariga koʻra, yangi texnologiya Mini LED va OLED orqa yoritqichlari sifatlarini oʻzida mujassam etgan. Televizor matritsasi LEDlar: qizil, yashil va koʻk ranglarning subpiksellaridan iborat. An’anaviy orqa yorugʻlik holatida matritsa yorugʻlik filtrlaridan iborat. Kompaniyaning ta’kidlashicha, RGB LED aniqroq rang berish va yorqinroq tasvirga imkoniyat yaratadi.
Sony yangi orqa yorugʻlik asosidagi televizorlar 4000 nitsgacha yorqinlikka ega boʻlishi mumkinligini qayd etgan.
«Biz nafaqat yaxshi tasvir sifatini, balki ishonchlilik va barqarorlikni ham kafolatlay olishga ishonamiz», – dedi kompaniya matbuot kotibi Mara Redikan.
Shu bilan birga, korporatsiya Mini LED, QD-OLED va Micro LED yoritqich texnologiyalari asosidagi televizorlar ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi emas.
Sony birinchi «kelajak televizorlari»ning sotuvga chiqish vaqtini oshkor qilmagan. Ammo uning ommaviy taqdimoti 2026-yildan boshlanishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Sony Interactive Entertainment Worldwide Studios kompaniyasining sobiq rahbari Shoun Layden PlayStation 6 oʻyin konsoli haqida oʻz fikrlarini bildirgani haqida yozgan edi.