Yangiliklar

1-maydan tadbirkor ayollarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi

Prezident qarori qabul qilindi
1-maydan tadbirkor ayollarga 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit beriladi / Foto: UzA

O‘zbekistonda tadbirkor xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit ajratish tartibi joriy etiladi. Bu haqda prezident qarori qabul qilindi.

Yangi dastur asosida ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan ayollar 100 mln so‘mgacha garovsiz kredit olish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, kamida besh nafar ayolga tadbirkorlikda yordam bergan yoki «yashil loyihalar» hamda IT yo‘nalishida ish olib borgan ming nafar tadbirkorga 50 mln so‘mgacha grant ajratiladi.

Kredit hisobidan sotib olinadigan asbob-uskunalar yetkazib berilgunga qadar, «Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» tomonidan kafillik beriladi. Dastur 2025-yil 1-maydan ishga tushadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkor ayollar kengashi tashkil etilishi haqida yozgandi.