Yangiliklar

Toshkentda isitish mavsumi qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi

Sutkalik harorat besh kun davomida 8 °C dan yuqori bo‘lsa
Isitish mavsumi
Toshkentda isitish mavsumi qachon yakunlanishi ma’lum bo‘ldi / Foto: Strana.ua

Toshkentda o‘rtacha sutkalik harorat ketma-ket besh kun davomida 8 gradusdan yuqori bo‘lsa, isitish mavsumi rasman tugatiladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar qildi.

Kompaniya yilning sovuq faslida issiqlik ta’minoti barqaror va sifatli bo‘lishi uchun issiqlik tarmoqlari, qozonxonalar va nasos stansiyalarida joriy hamda kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshiradi.

Shuningdek, Toshkent shahri hokimligi yaqin kunlarda 2024/2025-yilgi isitish mavsumini yakunlash haqida qaror qabul qilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati bergan ma’lumotlariga ko‘ra, shu yilning 8-martdan 14-martgacha bo‘lgan davrda Toshkentda o‘rtacha sutkalik harorat  11,6 gradus (minimal – 9 gradus 8-martda, maksimal – 13,1 gradus 14-martda) daraja kuzatilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Issiqlikta’minoti» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi haqida yozgandi.