
Uzbekistan Airways Toshkent – Nijniy Novgorod yoʻnalishi boʻyicha reysini kechiktirishga majbur boʻldi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.
Nijniy Novgorod xalqaro aeroportida joriy etilgan cheklovlarni inobatga olib, Toshkent – Nijniy Novgorod yoʻnalishi boʻyicha HY9672 reysi kechiktirilishga majbur boʻlingan. Uzbekistan Airways jadval haqida qoʻshimcha ma’lumot berilishini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, 11-mart kuni ertalab Moskvada «Kover» dron hujumini qaytarish rejasi taqdim etilgani natijasida Toshkentdan uchgan HY-611 reysi va Urganchdan uchgan HY-9615 reys belgilangan manzilga qoʻna olmagan edi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fargʻona aeroportida S7 Airlines samolyotining qoʻnish moslamasi shikastlangani haqida yozgan.