18-martdan Toshkentda isitish mavsumi yakunlanadi
eʼlon qilindi
Toshkent shahar hokimligi xabar qildi

Toshkentda isitish mavsumi 18-mart, bugundan yakunlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.
«Veolia Energy Tashkent» kompaniyasi o‘rtacha sutkalik harorat ketma-ket besh kun davomida 8 gradusdan yuqori bo‘lsa, isitish mavsumi rasman tugatilishi haqida ma’lum qilgandi.
Unga ko‘ra, so‘nggi hafta davomida poytaxtda kunduz kunlari havo harorati 18-19 gradus va undan yuqori, kechalari esa 8 gradusdan pastga tushmagan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Issiqlikta’minoti» aksiyadorlik jamiyati tashkil etilishi haqida yozgandi.