19-mart kuni havo harorati ayrim joylarda 30 darajagacha ko‘tariladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Yog‘ingarchilik kutilmaydi
                    
                            
19-mart kuni havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, deya xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Unga ko‘ra, harorat Toshkentda kunduzi 25-27°, kechasi 8-10° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda kunduzi 25-30°, kechasi 5-10° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Buxoro va Navoiyda ham harorat shu atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzaxda kunduzi 22-27°, kechasi 5-10° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda havo biroz iliqroq bo‘lib, kunduzi 25-30°, kechasi 10-15° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘onada esa kunduzi 22-27°, kechasi 5-10° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda nisbatan salqin bo‘lib, kunduzi 12-17°, kechasi 0-5° iliq bo‘ladi.
