Audi 7,5 mingta ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda
eʼlon qilindi
Bu keyingi to‘rt yilda sodir bo‘ladi

2029-yilga borib Audi Germaniyada 7,5 mingta ish joyini qisqartiradi. Bir qator xodimlarni ishdan boʻshatish toʻgʻrisidagi qarorni nemis avtomobil ishlab chiqaruvchisi rahbari Gernot Dollner ma’lum qilgan.
Kompaniya rahbarining fikricha, birinchi boʻlib ma’muriy xodimlar ishdan boʻshatiladi. Audi bugungi kunda dunyo boʻylab 87 mingdan ortiq, Germaniyada esa 54 ming kishini ish bilan ta’minlaydi.
Germaniyada Bosch brendi ham xodimlarni qisqartirishni reja qilmoqda. Kompaniya 2024-yilda foydaning bir yarim baravarga – 4,8 dan 3,2 milliard yevrogacha kamayishi fonida keyingi ish boʻshatishlarni e’lon qildi.
Kursiv Uzbekistan nashri Ilon Mask AQShda 2,3 million federal xodimlar sonini kamaytirishga kirishgani haqida yozgan edi.