
Shu yilning fevral oyida ikkilamchi avtomobil bozoridagi narxlarning o‘zgarishi bo‘yicha tahlil o‘tkazildi. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) xulosalarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, mahalliy ommabop avtomobillar, elektromobillar va xorijiy avtomobillar narxi pasayishda davom etmoqda.
Mahalliy ommabop avtomobillar narxi
Fevral oyida quyidagi avtomobillar arzonlashdi:
- Onix – 3 foizga ($13,5 mingdan $13,1 mingga);
- Cobalt – 2,4 foizga ($12,3 mingdan $12 mingga);
- Nexia – 1,9 foizga ($11,5 mingdan $11 ming 284 ga);
- Spark – 1 foizga ($10,5 mingdan $10,4 mingga);
- Damas – 3,6 foizga ($7 ming 985 dan $7,7 mingga).
Mahalliy lyuks avtomobillar narxi
Ushbu bozorda ham narxlarda pasayish kuzatilgan.
- Equinox – 1,1 foizga ($27,3 mingdan $27 mingga) tushgan;
- Tracker – 1,1 foizga ($16 ming 984 dan $16,8 mingga) arzonlagan;
- Malibu – 0,7 foizga ($31 ming 907 dan $31 ming 682 ga) pasaygan.
Elektromobillar narxi
Elektromobillarning narxi ham tushishda davom etmoqda.
- BYD E2 – 1,8 foizga ($16,8 mingdan $16,5 mingga);
- BYD Han – 0,5 foizga ($32 ming 150 dan $32 mingga);
- BYD Song Plus DM-i – 1,7 foizga ($29 mingdan $28,5 mingga);
- BYD Yuan Up – 1,4 foizga ($20,8 mingdan $20 ming 514 ga).
Xorijiy avtomobillar narxi
Xorijiy avtomobillar narxlari ham quyidagicha arzonlagan:
- Kia Sportage – 4,6 foizga ($29 ming 733 dan $28 ming 363 ga);
- Kia K5 – 1,9 foizga ($26,5 mingdan $26 mingga);
- Kia Sorento – 1,3 foizga ($40 mingdan $39,5 mingga).
Tahlil natijalariga ko‘ra, ayniqsa, elektromobillar narxining sezilarli darajada tushishi kuzatilmoqda. Mutaxassislar bunday tendensiya davom etishini taxmin qilmoqda.
Mazkur tahlil Olx.uz platformasidan yig‘ilgan 38,7 mingdan ortiq avtomobillar narxlari ma’lumotlariga asoslangan. Ushbu ma’lumotlar avtomobillarning bosib o‘tgan masofasi va ishlab chiqarilgan yillari bo‘yicha tahlil qilindi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan o‘tgan yili ikkilamchi avtomobil bozorida narxlar qanday o‘zgargani haqida yozgandi.