Firibgarlar Farrux Zokirovning soxta tasvirlaridan foydalanib koʻpchilikni chuv tushirmoqda

eʼlon qilindi
Xonanda voqeaga izoh berdi
Firibgarlar Farrux Zokirovning soxta tasvirlaridan foydalanib koʻpchilikni chuv tushirmoqda/ Foto: Toshkent shahar IIB

Firibgarlar «Yalla» ansambli rahbari Farrux Zokirov tasvirlaridan foydalanib pul ishlagan. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda xonandaning dori-darmonlarni reklama qilganiga oid videosi tarqalgan edi. Zokirov tasvirga aloqasi yoʻqligini ta’kidlagan. Xonanda oʻzbekistonliklarni bu kabi reklamalarga, ayniqsa, keksalarga nisbatan ehtiyotkor munosabatda boʻlishga chaqirdi. Zokirovning qoʻshimcha qilishicha, notanish shaxslarga bank kartasi va boshqa ma’lumotlarni berish toʻgʻri ish emas.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Buyuk Britaniyaga ishga yuborish uchun $12 ming olgan firibgar ushlangani haqida yozgan edi.

Shuningdek