Gondurasda kichik samolyot halokatga uchradi – qurbonlar bor

eʼlon qilindi
Qurbonlar soni oltita
Gondurasda kichik samolyot halokatga uchradi
Gondurasda kichik samolyot halokatga uchradi/ Foto: Unspalsh

Gondurasda bortida 17 kishi boʻlgan samolyot Roatan oroli sohilida dengizga qulab tushdi. Bu haqda Anadolu nashri xabar bermoqda.

Mutasaddilarning qayd etishicha, samolyot Xuan Manuel Galves aeroportidan koʻtarilib Truxilyo shahriga yoʻl olgan, biroq havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay Roatan oroli qirgʻoqlarida dengizga qulagan.

Qutqaruv ishlari natijasida olti nafar jasad topilgan. Samolyot halokatdan soʻng yonib ketgan va bu qutqaruv ishini qiyinlashtirmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Amerika samolyoti Denver aeroportida yonib ketgani haqida yozgan edi.

Shuningdek