Haier dunyodagi birinchi uch barabanli kir yuvish mashinasini taqdim etdi

eʼlon qilindi
Narxlar $720dan boshlanadi
Uch barabanli kir yuvish mooshiinasi
Haier dunyodagi birinchi uch barabanli kir yuvish mashinasini taqdim etdi / Foto: Haier

Haier kompaniyasi yangi XQGL125 modeli ostidagi uch barabanli kir yuvish mashinasini taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Ishlab chiqaruvchi uni «dangasalar uchun dunyodagi birinchi kir yuvish mashinasi» deb ta’riflamoqda, chunki u bir vaqtning o‘zida turli kiyimlarni yuvish imkonini beradi. Ushbu innovatsion modelda asosiy baraban 10,5 kg sig‘imga ega bo‘lib, unga qo‘shimcha ravishda har biri 1 kg bo‘lgan ikkita kichik baraban o‘rnatilgan. Bu dizayn tufayli foydalanuvchilar paltolar, sport kiyimlari va ichki kiyimlarni alohida yuvishlari mumkin.

Haierning yangi mahsuloti sotuvdan oldin besh ming yuan (taxminan $720) narxda taklif qilinmoqda, rasmiy chakana savdo esa 17-apreldan boshlanadi. Ishlab chiqaruvchi ma’lumotlariga ko‘ra, to‘liq yuvish jarayoni atigi 22 daqiqa davom etadi. Maksimal aylanish tezligi esa 1400 rpm ga yetadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Xiaomi kompaniyasi global maishiy texnika bozoriga kirishini rasman e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek