Hyundai Santa Fe krossoveri yilning eng xavfsiz avtomobili deb topildi

18-mart 2025 14:31 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Hyundai Santa Fe
Hyundai Santa Fe krossoveri yilning yaxshi xavfsiz moshinasi deb topildi/ Foto: IIHS

Hyundai Santa Fe krossoverining yangilangan modeli 2025-yilning eng xavfsiz avtoulovlaridan biri sifatida e’tirof etildi. Uning old va yon ta’sir sinovlaridagi koʻrsatkichi yoʻlovchilar uchun yuqori darajadagi himoyani taqdim etdi.

Modelning proyeksiya tizimiga ega LED faralari koʻrish sharoitlariga qarab «qoniqarli» yoki «qoniqarsiz» natijalarni koʻrsatadi. Santa Fe avtomobillar, piyodalar va velosipedchilar bilan old tomondan toʻqnashuvlarning oldini olish texnologiyasini oʻz ichiga olgan ilgʻor xavfsizlik tizimlariga ega. Stop & Go bilan moslashtirilgan kruiz nazorati va chorrahalarda avtomatik tormozlash imkoniyati asosiy yutuq hisoblanadi.

Krossoverning asosiy benzin versiyasi $34 mingdan, gibrid versiyasi esa 37,8 mingdan boshlanadi. Yonilgʻi sarfi benzinli versiyada 100 km uchun 9,8 litrni, gibrid variantida esa 6,5 litrni tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan yangilangan Hyundai Sonataning koʻrinishi haqida yozgan edi.

Shuningdek