Yangiliklar

Ilon Maskning taxminicha insoniyat 5 – 7-yil ichida Marsni egallay boshlaydi

2026-yil oxirida SpaceX Starship kosmik kemasini Optimus roboti bilan Marsga jo‘natishni rejalashtirmoqda
Ilon Maskning taxminicha insoniyat 5 – 7-yil ichida Marsni egallay boshlaydi / Foto: Pexels.com

Ilon Mask 5 – 7-yil ichida insoniyat Marsni egallay boshlashi mumkinligi taxmin qildi. Bu haqda tadbirkor X tarmogʻidagi sahifasida malum qildi.

Tadbirkor va siyosatchining fikricha, 2026-yil oxirida SpaceX Starship kosmik kemasini Optimus roboti bilan Marsga joʻnatishni rejalashtirmoqda. Universal platforma sifatida ishlab chiqilgan va qayta foydalanish mumkin boʻlgan Starship tizimi nafaqat Marsga missiyalar, balki sun’iy yoʻldoshlarni yetkazish, sayyoramizning past orbitasiga parvozlar, Oyga ekspeditsiyalar va koinotni chuqur oʻrganish uchun ham moʻljallangan.

SpaceX Starshipning tavsifi boʻyicha quyidagilar ma’lum: balandligi 121 metr, diametri 9 metr va yuk koʻtarish quvvati 100 – 150 tonnani tashkil qiladi.

Tadbirkorga koʻra, Marsni egallash bir qator muammolarni ham keltirib chiqaradi. Qizil sayyorada energiya, suv va oziq-ovqat mahsulotlarini avtonom ishlab chiqarish tizimlarini ishlab chiqish kerak boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri SpaceX kompaniyasi oʻzining Starship Super Heavy B14 tezlatgichidagi Raptor dvigatellarining ajoyib suratlarini namoyish etgani haqida yozgan edi.