
Maktablarda bahorgi ta’til shu yilning 21-martidan boshlanib, 27-martgacha davom etadi. Bu haqda Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.
Ushbu ta’tilda o‘quvchilar 7 kun dam olishadi. Bahorgi ta’tildan so‘ng to‘rtinchi o‘quv choragi darslari 28-martdan boshlanadi.
Avvalroq «Kursiv» mart oyida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishi haqida yozgandi.