Investitsiyalar

Oʻzbekistonda oltinning narxi ketma-ket ikkinchi kun rekord oʻrnatdi

Besh grammlik oltin quyma 6,427 mln so‘mni tashkil qildi
Золотые слитки
Oʻzbekistonda oltinning narxi ketma-ket ikkinchi kun rekord oʻrnatdi. Foto: AntonMatyukha / Depositphotos

Oʻzbekiston Markaziy banki ma’lumotlariga koʻra, 18-mart holatiga besh grammlik oltin quyma 6,427 million soʻmlik chegarani kesib oʻtdi. Mamlakatda qimmatbaho metallar narxi ketma-ket ikkinchi kun oshdi.

Ogʻirligi 10 gramm boʻlgan qimmatbaho metall narxi 12,8 mln soʻmga, 20 gramm esa 25,7 mln soʻmga koʻtarildi.

50 va 100 grammlik quymalar narxi mos ravishda 64,2 mln va 128,5 mln soʻmga yetdi.

UBS investitsiya banki tahlilchilari joriy yil oxirigacha oltin qiymati $3,2 minggacha koʻtarilishini prognoz qilmoqda. Qimmatbaho metall narxining oshishiga AQSh tomonidan bojxona toʻlovlarining joriy etilishi va Amerika iqtisodiyotining sekinlashishi kabi omillar ta’sir koʻrsatmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Avstraliyaning Macquarie banki oltin narxining $3,5 mingga koʻtarilishini prognoz qilgani haqida yozgan edi.