Yangiliklar

O‘zbekistonliklar Qatardagi Duty-Free savdo tarmoqlariga ishga taklif qilinmoqda

Ish haqi $700 – $750
Qatar
O‘zbekistonliklar Qatardagi Duty-Free savdo tarmoqlariga ishga takli qilinmoqda / Foto: dohahamadairport

Qatarning Jusour rekruting tashkiloti va Migratsiya agentligi savdo yordamchisi yo‘nalishida ish o‘rinlarini taklif etmoqda. Bu haqda agentlik rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, jami 200 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi $700 – $750 ni tashkil etadi. Uy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi hisobidan bo‘ladi.

Ishga qabul qilinadigan nomzodlar 21-yoshdan yuqori bo‘lishi, ingliz tilida erkin muloqot qila olishi, kamida «B1» darajada bilishi lozim. Rus tilini berish ustunlik beradi. Shuningdek, savdo va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasida kamida ikki yillik tajriba talab qilinadi.

Ish beruvchi tomonidan Qatarga borish, ishchi viza va tibbiy sug‘urta xarajatlari, mahalliy transport kartasi yoki to‘lovlari qoplab beriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun xorijdaish.uz sahifasiga qo‘shimcha ma’lumot uchun esa +998 71-202-33-55 (ichki raqam 30) telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Germaniya muhandis-mexanik va chilangarlarni ishga taklif qilayotgani haqida yozgandi.