Paynet kompaniyasi 547 mlrd soʻmlik aksiyalar chiqardi

eʼlon qilindi
Aksiyalar nominal qiymati 500 so‘m etib belgilangan
Paynet kompaniyasi 547 mlrd soʻmlik aksiyalar chiqardi. Foto: Kursiv Uzbekistan

Oʻzbekistondagi yirik toʻlov operatorlaridan biri boʻlgan Paynet umumiy qiymati 547,62 milliard soʻm boʻlgan oddiy aksiyalarni chiqardi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan ushbu aksiyalar emissiyasi 2025-yil 14-mart kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Aksiyalar nominal qiymati 500 soʻm etib belgilangan boʻlib, umumiy soni 1,1 milliard dona aksiyani tashkil qiladi. Mazkur qaror 2025-yil 24-fevral kuni Paynet aksiyadorlarining umumiy yigʻilishida tasdiqlangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Paynet Humo toʻlov tizimini $65 mlnga sotib olgani haqida xabar bergan edi. Eslatib oʻtamiz, Aleksey Maksimov «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ (Humo) rahbari etib tayinlandi. Qaror kompaniya Kuzatuv kengashi tomonidan 6-mart kuni qabul qilingan. Bungacha Humo rahbari Shuhrat Qurbonov boʻlgan edi.

Shuningdek