Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekiston prezidenti «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida» qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar hukumatlari o‘rtasida raqamli iqtisodiyot bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan bo‘lib, u Turkiy davlatlar o‘rtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.
Bitimni amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan so‘ng, uning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan faktoring O‘zbekiston iqtisodiyotiga qanday yordam berishi haqida yozgan edi.