Shavkat Mirziyoyev ikki nafar qishloq xoʻjaligi faolini «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotladi
eʼlon qilindi
Ulardan biri fermer

Shavkat Mirziyoyev Toʻlqinjon Mansurov va Egamberdi Sobirovni «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Oʻzining tashabbuskorligi va qishloq xoʻjaligi sohasidagi koʻp yillik samarali mehnati uchun Toshkent viloyatining Oqqoʻrgʻon tumanida yashovchi Mansurov Toʻlqinjon «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotlangan.
Shuningdek, Xorazm viloyati, Xonqa tumanidagi «Sultonboy Xonimjon» fermer xoʻjaligi boshligʻi Sobirov Egamberdi ham shu ordenga loyiq koʻrilgan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi rahbarini «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlagani haqida yozgan edi.