
Shavkat Mirziyoyev 18-mart kuni mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik boʻyicha komissari Yozef Sikela boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama serqirra hamkorlik muhokama qilingan. Transport va logistika, energetika, raqamlashtirish, qishloq hamda suv xoʻjaligi yoʻnalishlarida qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta’kidlangan.
Uchrashuvda joriy yil aprel oyi boshida Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo – YI» birinchi sammiti va Iqlim forumini tashkil etish va oʻtkazish jihatlari muhokama qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Oʻzbekiston prezidenti AQSh Kongressi delegatsiyasini qabul qilgani haqida yozgan edi.