
Silk Avia aviakompaniyasi 20-martdan boshlab Toshkent – Andijon yo‘nalishida muntazam qatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati «Kursiv» muxbiriga xabar berdi.
Parvozlar haftaning seshanba va payshanba kunlari quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish – 11:20; Andijonga yetib borish – 12:20;
- Andijondan jo‘nab ketish – 13:00; Toshkentga yetib kelish – 14:00.
Yo‘lovchilar aviachiptalarni aviakompaniya rasmiy saytidan, mobil ilovadan hamda Uzbekistan Airways Sales filialidan xarid qilishlari mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Silk Aviaʼning Termiz – Toshkent reysi Samarqandga majburiy qoʻngani haqida yozgandi.