
Silk Avia aviakompaniyasining Termiz – Toshkent reysi Samarqandga majburiy qoʻndi. Bu haqda «Novosti Tashkentskogo Neba» Telegram kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, parvoz davomida yoʻlovchilardan birining sogʻligʻi yomonlashgani sababli ekipaj zudlik bilan Samarqand xalqaro aeroportiga qoʻnish haqida qaror qabul qildi.
Ekipaj shifokorlar guruhini chaqirib, zaruriy tibbiy yordam koʻrsatishga sharoit yaratdi. Hozirda yoʻlovchining ahvoli va reysning keyingi harakati haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.
Eslatib oʻtamiz, Silk Avia samolyoti 13-mart kuni ertalab Termizga qoʻna olmagan edi. Bunga noqulay ob-havo sabab boʻlgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Silk Avia 27-dekabrdan Zominga muntazam aviaqatnovlarni tiklanishi haqida xabar bergan edi.