Temu endi bloklanmasligi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Platforma ro‘yxatdan o‘tdi
Temu endi bloklanmasligi mumkin/ Foto: Temu

O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga ko‘ra, TEMU marketpleysi endi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi va O‘zbekiston Respublikasi rezidenti statusiga ega bo‘ldi.

«Biroq, o‘tgan davrlar uchun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi», – deyiladi Soliq qo‘mitasi xabarida.

Avvaliga fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi xorijiy elektron savdo platformalarining faoliyati o‘rganilishi jarayonida Temu tomonidan elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, mualliflik huquqi va unga oid turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlariga to‘liq rioya etilmayotgani aniqlangan edi.

Endilikda Temu ilovasi O‘zbekistonda rasman ro‘yxatdan o‘tdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Temu O‘zbekistonda bloklanishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek